Вторник, 21.05.2024, 04:44
SHODLIK.UCOZ.COM ZAMONAVIY PORTAL

SAYT MENUSI

SHERLAR

  • -=SMS sevgi
  • -=SMS hazillar
  • -=SMS maqollar
  • -=SMS tabrik
  • -=SMS vatan
  • -=SMS o'zbekcha
  • -=SMS do'stlik
  • -=SMS chiroyli sevgi so'zlari

YANGILIKLAR

MOBIL CHAT

BUGUNGI FAOLLAR


Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

SAYTGA KIRISH

Главная » 2012 » Март » 21 » XORIJ XABARLARI
04:36
XORIJ XABARLARI
Shotlandiyada fast-fud mahsulotlari reklamasini cheklashga doir qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, tarkibida yog‘ va tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar, shirinliklar, gamburger, pitsa kabi fast-fud taomlari kechki soat to‘qqizdan keyin reklama qilinmasligi kerak. Mamlakat hukumati vakillarining ta’kidlashicha, bunday mahsulotlar reklamasi o‘smirlarning ushbu taomlarga bo‘lgan qiziqishini oshirib, salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, Buyuk Britaniyada 2009 yildan buyon bolalarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlar oralig‘ida fast-fud va inson, ayniqsa, bola salomatligi uchun zararli oziq-ovqat mahsulotlari reklamasini berishni taqiqlovchi qonun qabul qilingan.

***

Kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Apple” kompaniyasi uch kun davomida rekord ko‘rsatkich – uch million dona uchinchi avlod "iPad” mahsulotini sotdi. Kompaniya vitse-prezidenti Filip Shillerning so‘zlariga qaraganda, bunday yangi turdagi texnologiya "Apple” mahsulotlari ichida eng xaridorgiridir.

***

Kembrij universiteti arxeologlari Angliya janubidan miloddan avvalgi VII asrda yashagan ingliz-saksoniya malikasining suyak qoldiqlarini aniqladilar. Malikaning xoki poyidan oltindan ishlangan zebu ziynatlar, yoqut bilan bezatilgan katta oltin bo‘lagi ham topilgan. "The Independent” nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, o‘n olti yoshli malika suyagi qoldiqlari yonida yana uch kishining xoki aniqlangan. Olimlarning fikricha, marhumlar o‘lat epidemiyasidan halok bo‘lgan.

***

RATA-TASS muxbirining xabar berishicha, Rossiyaning Tolyatti shahrida ellikka yaqin go‘dak sut mahsulotlaridan zaharlangan. Ikki yoshgacha bo‘lgan go‘daklar shahardagi sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan birida tayyorlangan sut bilan oziqlantirilgan. Ushbu mahsulotni iste’mol qilgan bolalarda yuqori harorat, ko‘ngil aynish holatlari kuzatilgan.

Shu sabab mazkur korxonaning ishi vaqtincha to‘xtatilgan. Zararlangan sut mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazilayotir.
Просмотров: 1078 | Добавил: ummon_uz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 ADMIN  
0
malumot uchun raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

SAYTDAN QIDIRISH

KALENDAR

«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Ula-bek89@mail.ru © 2024

Бесплатный хостинг uCoz