Shotlandiyada fast-fud mahsulotlari reklamasini cheklashga doir qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, tarkibida yog‘ va tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar, shirinliklar, gamburger, pitsa kabi fast-fud taomlari kechki soat to‘qqizdan keyin reklama qilinmasligi kerak. Mamlakat hukumati vakillarining ta’kidlashicha, bunday mahsulotlar reklamasi o‘smirlarning ushbu taomlarga bo‘lgan qiziqishini oshirib, salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, Buyuk Britaniyada 2009 yildan buyon bolalarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlar oralig‘ida fast-fud va inson, ayniqsa, bola salomatligi uchun zararli oziq-ovqat mahsulotlari reklamasini berishni taqiqlovchi qonun qabul qilingan.
***
Kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Apple” kompaniyasi uch kun davomida rekord ko‘rsatkich – uch million dona uchinchi avlod "iPad” mahsulotini sotdi. Kompaniya vitse-prezidenti Filip Shillerning so‘zlariga qaraganda, bunday
... Читать дальше »
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi an’anaviy xalqaro turnir davom etmoqda.
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni yanada rivojlantirish, xususan, tennischilarimiz tajribasi va mahoratini oshirish, xorijlik mutaxassislarni o‘zbek tennis maktabi imkoniyatlari va salohiyati bilan tanishtirish maqsadida har yili yigirmaga yaqin xalqaro turnir tashkil etiladi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi joriy mavsumda Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlaridagi muhtasham tennis kortlarida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi erkaklar o‘rtasidagi "Fyuchers”, "Chellenjer”, o‘smirlar va xotin-qizlarning xalqaro turnirlarini o‘tkazadi.
Ana shu an’anaviy musobaqalardan biri – Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda hamyurtlarim
... Читать дальше »