Вторник, 21.05.2024, 09:56
SHODLIK.UCOZ.COM ZAMONAVIY PORTAL

SAYT MENUSI

SHERLAR

  • -=SMS sevgi
  • -=SMS hazillar
  • -=SMS maqollar
  • -=SMS tabrik
  • -=SMS vatan
  • -=SMS o'zbekcha
  • -=SMS do'stlik
  • -=SMS chiroyli sevgi so'zlari

YANGILIKLAR

MOBIL CHAT

BUGUNGI FAOLLAR


Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

SAYTGA KIRISH

Главная » 2012 » Март » 21 » Yosh tennischilar Toshkentda bellashmoqda
04:33
Yosh tennischilar Toshkentda bellashmoqda
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi an’anaviy xalqaro turnir davom etmoqda.

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni yanada rivojlantirish, xususan, tennischilarimiz tajribasi va mahoratini oshirish, xorijlik mutaxassislarni o‘zbek tennis maktabi imkoniyatlari va salohiyati bilan tanishtirish maqsadida har yili yigirmaga yaqin xalqaro turnir tashkil etiladi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi joriy mavsumda Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlaridagi muhtasham tennis kortlarida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi erkaklar o‘rtasidagi "Fyuchers”, "Chellenjer”, o‘smirlar va xotin-qizlarning xalqaro turnirlarini o‘tkazadi.

Ana shu an’anaviy musobaqalardan biri – Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda hamyurtlarimiz bilan birga Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Ruminiya, Belarus, Bolgariya, Moldova, Latviya, Litva, Turkiya, Ukraina, Kipr, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan iqtidorli yosh tennischilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Hamyurtlarimizdan Temur Ismoilov dastlabki uchrashuvda rossiyalik Roman Nashatirkinni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yana bir umidli sportchimiz Ahmad Jamol Muhammad esa tojikistonlik Akbar Rahmonga qarshi bahsni 6:4, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Nufuzli musobaqada dastlabki g‘alabasini nishonlagan hindistonlik Arjun Kadxe, britaniyalik Samuel Satton, latviyalik Arkadis Slobodkins, rossiyalik Matvey Xomentovskiy hamda ukrainalik Yuriy Krivoy ham keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasida yakkalik bellashuvlarida birinchi bosqichning eng keskin va murosasiz bellashuvi o‘zbekistonlik Alina Abdurahimova va uchinchi raqamda saralangan litvalik Akvile Parazinskaite o‘rtasida kechdi. 16 yoshli hamyurtimiz hujumkor o‘yin ko‘rsatib 7:5, 6:1 hisobida zafar quchdi.

Musobaqani g‘alaba bilan boshlagan belaruslik Aleksandra Sasnovich, rossiyalik Diana Ryashko, Anastasiya Richagova, Yuliya Aleksandrova, bolgariyalik Sara Boyevska, ukrainalik Anastasiya Shestakova, ruminiyalik Ioana Duchu kabi iqtidorli tennischilar ham bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.
Просмотров: 1058 | Добавил: ummon_uz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 ADMIN  
0
omad sportchilarimizga

1 ummon_uz  
0
biggrin biggrin biggrin biggrin

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

SAYTDAN QIDIRISH

KALENDAR

«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Ula-bek89@mail.ru © 2024

Бесплатный хостинг uCoz